94 yoshli podpolkovnik Ivan Mityakinning quvonchi cheksiz

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professor-o‘qituvchilar hamda kursantlari,davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, akademiya faxriysi, iste’fodagi podpolkovnik Mityakin Ivan Pavlovichning xonadoniga tashrif buyurdi.

Chilonzor tumanida yashovchi 94 yoshli podpolkovnik Ivan Mityakinningyo‘qlovdan boshi osmonga yetdi. Faxriy davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yuksak e’tibor uchun cheksiz minnatdorligini bildirdi.

Otaxonga Prezidentimiz nomidan bayram tabrigi, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

IMG_5224.JPG

IMG_5254.JPG
IMG_5261.JPG
Akademiya orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar faxriy istiqomat qilayotgan mahalla ahliga xush kayfiyat ulashdi.

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA