Almati shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tayotgan “Osiyo-2023” turnirining sablya yo‘nalishida o‘smirlar va yoshlar jamoasi a’zolari ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi hamyurtlarimiz Nargiza Utebayeva va Nursiltan Kenesbayev yoshlar o‘rtasidagi bahslarda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shonazar Abdulov 2-o‘rin va Sevara G‘aniyeva 3-o‘rinni egalladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda Nurkeldi Turganbayev, Dilnoz Usnatdinova va Nargiza Utebayevalar bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Turnir g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA