O‘zbekiston hududiga 26-28 avgust kunlari nam va salqin havo oqimi kirib kelishi mumkin. 26-27 avgustda respublikaning ko‘plab hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang – to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.

27 – 29 avgust kunlari esa kutilayotgan kuchli yomg‘irlar hisobiga esa respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel, suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 O‘zA