G1 yangiliklar portalining yozishicha, seshanba kuni ro‘y bergan elektr energiyasi uzilishi Roraymadan tashqari barcha shtatda kuzatilgan.
Milliy tizim operatori (ONS) hamda tog‘-kon va energetika sanoati vazirligining ma’lum qilishicha, uzilish soat ertalab 8:31 da ro‘y bergan, biroq hodisaning sabablari oydinlashtirilmagan. Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda elektr ta’minoti mamlakat janubida, janubi-sharqida va g‘arbida qayta tiklangan.
Elektrenergiyaning uzilishi qator shaharlarda transport qatnovining izdan chiqishiga sabab bo‘lgan. Masalan, San-Pauluda metro yo‘nalishlaridagi qatnovlar to‘xtab qolgan. Baiya shtati poytaxtida yo‘lovchilar vagonlarni bo‘shatib, yo‘l bo‘ylab piyoda ketishga majbur bo‘lgan. Ko‘pgina yirik shaharlarda svetoforlar ishlamagan.