O‘tgan olti oyda Tojikistonning yalpi ichki mahsuloti miqdori ortishi 8 foizni tashkil etdi, dedi respublika moliya vaziri Fayziddin Qahhorzoda matbuot anjumanida. Iqtisodiy o‘sish, asosan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish (10,3 foiz), yuk tashish (12,3), yo‘lovchi oqimi (19,6), qishloq xo‘jaligi (7,9), qurilish (27,1), mahsulot aylanmasi (11,8) hamda xizmat sohasi (5,5 foiz)da kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, tashqi savdo aylanmasi hisobot davrida 3 milliard 415 million dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,1 million dollar yoki 2,8 foiz kam. Oxirgi olti oy mamlakat 678, 6 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. Import ko‘rsatkichi 2 milliard 736,4 million dollarga yetib, qiyosan 438,4 million dollar, ya’ni 19 foiz oshgan.

O‘zA