O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29 aprel kuni ikki kunlik davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan edi.
Mazkur tashrif samarasida xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik an’analari yanada mustahkamlandi. O‘zaro hamkorlik kengaydi, Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqotlar doirasida umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Eng muhimi, o‘zbek-turk azaliy qardoshlik rishtalari mustahkamlandi.
Munosabatlarda yangi bosqich boshlangani, erishilgan kelishuvlar, sohalardagi hamkorlik, ikki davlatning yaqin yillar ichida amalga oshirilishi mo‘ljallangan rejalari turk matbuotining asosiy mavzusiga aylandi.
O‘zA