Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida “Anadolu” xabar bermoqda.
Vazirlar xalqaro kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. G‘arbiy blokning Rossiya va Xitoyga nisbatan qarama-qarshi siyosati, ularning rivojlanishini sanksiyalar va boshqa noqonuniy usullar bilan to‘xtatishga urinishlar umumiy rad etildi. Moskva va Pekinning BMT, BRIKS, SHHT, G20 va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi konstruktiv muloqoti va o‘zaro hamkorligining yuqori darajasiga ijobiy baho berildi.
Bir qator “qaynoq” mintaqaviy mavzular, jumladan, Rossiya – Ukraina inqirozi muhokama qilindi.
TIVning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy tashqi ishlar idoralari rahbarlarining muloqoti Moskva va Pekinning jahon ishlariga yondashuvlari birligi yoki keng uyg‘unligini yana bir bor tasdiqladi. Tashqi siyosatni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi tasdiqlandi.
O‘zA