Ukraina maktablarida sentyabrdan boshlab yangilangan “Ukrainani himoya qilish” fani joriy qilinib, o‘quvchilarga dronni boshqarish, tibbiyotga qadar yordam ko‘rsatish, joyni aniqlash bo‘yicha saboq berish boshlanadi, dedi mamlakat ta’lim vaziri Oksen Lisovoy.
“Ukrainani himoya qilish” fanini yangilash ustida ish boshladik. Sifatli tibbiyotga qadar yordam ko‘rsatish, mina xavfsizligi, dronni boshqarish, joyni aniqlash ko‘nikmalariga talab bor. Shu bois, sentyabrdan yangilangan fan sinov loyihasini ishga tushirish mo‘ljallanyapti”, – deb yozgan Lisovoy ijtimoiy tarmoq orqali.
Uning ta’kidlashicha, o‘qituvchilar dasturni amalga oshirish oldidan qayta o‘qitiladi. Buning uchun xalqaro tuzilmalar, jamoatchilik tashkilotlari jalb qilinadi.
“Xususan, “FPV” dronlari simulyatori bilan ishlay oladigan, topografiya, tibbiyotga qadar yordam va turli jarohatlar oldini olish bo‘yicha ixtisoslashgan murabbiy dars o‘tishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qilgan Lisovoy.
O‘zA