Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytida berilgan xabarga ko‘ra, tarkibida tamaki bo‘lmasa-da, elektron sigaret sog‘liq uchun zararli.
Tashkilot mutaxassislari ta’kidlashicha, Yevropada chekish tufayli o‘lim holati juda ko‘p. Buning asosiy sabablaridan biri Yevropa Ittifoqida sog‘liqni saqlash tizimi noto‘g‘ri boshqarilishida. Samarali profilaktika bo‘lganda, chekish natijasida saraton, yurak-qon tomir yoki nafas olish tizimi kasalliklari kamroq qayd etilgan bo‘lar edi.
O‘zA