Bugun, 28 iyul kuni Tojikistonda “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasining 4-tur bahslari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari guruh bosqichining 4-turida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, 3-turda Turkmaniston jamoasiga qarshi maydonga tushgan Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 1:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.

“CAFA Futsal Cup-2023” o‘yinlarining so‘nggi tur bahslari 30 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. O‘sha kuni O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston jamoasi bilan kuch sinashadi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA