Bugun Yaponiyadagi raketa sinovi o‘tkaziladigan stansiyada dvigateldan o‘t chiqib, kuchli yong‘inga aylandi. Mamlakatning ulkan fazoviy dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, osmonga alanga o‘rladi.

“Epsilon S” quyuq yonilg‘ili raketa sinab ko‘rilayotgan kun chiqar yurt janubidagi olis Kagosima mintaqasida yuz bergan hodisa qurbonlari haqida ma’lumot yo‘q.

“NHK” milliy teleradiokompaniyasiga tegishli tasvirda “Tanegasima” koinot markazidan ko‘tarilgan olov va oq tutun aks etgan. Voqeani taxminan 900 metr masofada turib kuzatayotgan jurnalistlar ertalab soat 8:30 da sinov boshlangandan ko‘p o‘tmay, kuchli portlash sodir bo‘lganini xabar qilishdi.

– Bugungi yonish sinovi vaqtida kutilmagan voqea yuz berdi, – dedi Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) vakili “Kyodo news” muxbiriga. – Nima bo‘lganini aniqlashga harakat qilyapmiz. Hozircha qurbonlar qayd etilmadi. Hodisa sababi tekshirilmoqda.

Agentlikning “Epsilon S” – Epsilon vorisini mart oyiga qadar ishga tushirish rejasi deyarli imkonsiz.

2023 yil iyul oyida ham xuddi shunday dvigatel sinov payti yoqilgandan so‘ng taxminan 50 soniya o‘tib portlagandi.

O‘shanda o‘t ochuvchi metall parchasi erib ketib, dvigatelni issiqlikdan ixotalaydigan qoplamani shikastlagan va yonilg‘ini alangalatgan edi.