Farg‘ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Viloyatda voyaga yetmaganlar sodir etgan og‘ir jinoyatlarning 20 foizi va o‘ta og‘ir jinoyatlarning 43 foizi aynan Qo‘qon shahriga to‘g‘ri kelgan. Achinarlisi, 47 nafar maktab va 18 nafar kollej o‘quvchisi jinoyatga qo‘l urgan. Bu butun respublika bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi.  

Yoshlar ishlari agentligi, Xavfsizlik xizmati raisining yoshlar siyosatiga mas’ul o‘rinbosari Qo‘qondagi vaziyatni jilovlashda e’tiborsizlik va sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani tanqid qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun:  

– Sirdaryo va Navoiy viloyatlari hokimlarining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlari Sh.Zayniddinov va Ya.Dushanov;  

– Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.  

O‘zA