Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qirq to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, sektor hamda tegishli soha rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibida dastlab “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonuni (yangi tahrirda) loyihasi ko‘rib chiqildi. Unda Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi, tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Z.Reymova “Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonuni loyihasi haqida ma’ruza qildi. Qonun loyihasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining amaldagi 9 ta qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tavsiya etilmoqda.
Sessiyada, shuningdek, yana boshqa ko‘plab masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev,
Maqsad Habibullayev (surat),
O‘zA