Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi Farhod Jo‘rayev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida davlatimiz rahbarining “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida ilgari surgan tashabbusi – savdo va transport aloqalarixususida fikr bildirdi.
– Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz arab davlatlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo va transport aloqasini mustahkamlash yo‘lida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari O‘rta transport yo‘lagi bo‘yicha eng qulay tariflardan foydalanish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Strategik ahamiyatga ega ayni dastur investitsiyani rag‘batlantirishi, transport yo‘li orqali o‘tuvchi mamlakatlar o‘rtasida tovar aylanmasini oshirishi mumkin.
“O‘rta yo‘lak” mintaqalararo savdoni rivojlantirmoqda. Bu raqamlarda ham aks etmoqda: 2022 yil mazkur yo‘nalishda yuk tashish miqdori 3,2 million tonnaga yetgan. Yaqin kelajakda yo‘lning taxminiy quvvati 10 million tonnaga yetishi mumkin.
Mazkur loyihaning yana bir afzalligi – Markaziy Osiyo davlatlaridan yukni tezroq tashish imkoni yaratiladi.
O‘zbekiston yetakchisi hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovini subsidiyalash masalasiga ham to‘xtaldi. Bu esa, o‘z navbatida, kommunikatsiya aloqalarini sezilarli darajada yaxshilash, yuk, fuqarolar harakatini osonlashtirish, hududlararo savdo-sotiqni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Afg‘oniston orqali o‘tadigan multimodal yo‘lakdan faol foydalanish Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arabmamlakatlario‘rtasida tranzit savdo va tovar ayirboshlash uchun yangi istiqbol ochadi.
Sammitda ikki mintaqa o‘rtasidagi eng yaqin va qulay yo‘nalishni ta’minlay oladigan Transafg‘on temir yo‘lining strategik ahamiyatigaham urg‘uberildi. Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, mazkur avtomagistraldan foydalanish transport xarajati, shuningdek, yuk yetkazib berish muddatini ikki barobar qisqartiradi.
O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.