Shu hafta dam olish kunlari Zamonaviy san’at markazi Mahalla Art Weekend nomli birinchi oilaviy festivalini o‘tkazadi.
«Namuna» mahallasida joylashgan Kaykovus arig‘i bo‘yidagi choyxonaning xushmanzara guzarida ommaviy munozaralar, bolalar mahorat darslari va kino namoyishlari bo‘lib o‘tadi.
• 14 iyul soat 19:30 dan boshlab – “Qizlar ” ijodiy loyihasi taqdimoti va ommaviy munozaralar;
• 15 iyul soat 19:30 dan boshlab – O‘zbekiston yosh rejissyorlari ishlagan tajriba filmlari namoyishi;
• 16 iyul soat 18:00 dan boshlab – bolalar mahorat darslari va ijodiy ishlarga mutaxassislarning bergan baholari o‘rin olgan.
Festival uch kun davomida «Namuna» mahallasida rus va o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi va u barcha uchun bepul. Har kuni kechqurun kechki choyxo‘rlik tashkil etiladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi telegram-kanali
N.Usmonova tayyorladi, O‘zA.