FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan Adiblar xiyoboni poytaxtimizning so‘lim manzillaridan biridir.

– Bugun Adiblar xiyoboni qutlug‘ darsxonaga, adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylangan. Har bir adib haykali muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirilgan. Bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda, adiblar ijodini o‘rganish bo‘yicha taqdimotlar rejalashtirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari Fozil Farhod.

Adiblar xiyoboni chindan ham diltortar maskan. Bu yerga kelgan kishi vujudi sokinlashadi, ruhi tiniqlashadi, ulug‘lar bilan qalban yuzlashadi, tafakkuri bir qadar yuksaladi. Uch yildirki, bu maskan ana shunday ulug‘vorligi bilan nafaqat ijod ahli, balki turli yoshdagi turli kasb egalarini, poytaxtimiz mehmonlarini o‘ziga chorlab kelmoqda.

Azimxon BOYXO‘JAEV(surat),O‘zA