O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi bo‘yicha dastlabki xulosalarini bildirgan Rossiya senatorlari ovoz berish natijasiga ta’sir qiladigan hech qanday qonunbuzarlik aniqlamagani, barchasi xalqaro standartga amal qilingan tarzda o‘tkazilganini e’tirof etdilar. Bu haqda Federal kengash rahbari, kuzatuvchilar missiyasi a’zosi Vyacheslav Timchenko “RIA Novosti”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Saylov muvaffaqiyatli o‘tdi, ovoz berish yakunlandi. Biz ko‘plab saylov uchastkalarida bo‘ldik, hamma joyda saylovchilarning yuqori faolligini ko‘rdik”, – dedi Timchenko.
Rossiyalik qonunshunoslar ta’kidlashicha, ovoz berish jarayonida saylov komissiyasi a’zolari yoki partiyalar kuzatuvchilari tomonidan qonunbuzarlik kuzatilmagan.
Besh partiyadan ilgari surilgan nomzodlarning hammasi saylovda ishtirok etishda teng imkoniyatga ega bo‘ldi, dedi rossiyalik senator.