Ma’lumki saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanligi Bosh Qomusimizda alohida belgilab qo‘yilgan.
Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish haqida qaror qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, muddatidan oldin ovoz berish 2023 yil 28 iyun kuni boshlanib, joriy yil 5 iyul kuni yakunlanishi belgilangan va saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari ertalab soat 9:00 dan kech soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 11:00 dan kech soat 17:00 ga qadar davom etishi qayd etib o‘tilgan.
Quyida MSK tomonidan tayyorlangan Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish tartibi haqidagi qisqacha video lavha bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zA