Xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida o‘tayotgan “Dinamo sport o‘yinlari”da mamlakatimiz sambochilari yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Sport o‘yinlarining birinchi kungi bahslarida terma jamoamiz a’zolari 6 ta medalga ega chiqdi. Medallarning 4 tasi oltin ekanligi natijalar sermahsul bo‘layotganidan dalolat.
Sambochilarimizdan Lutfilla Saydamatov, Muhammadali Sa’dullayev, Sharif Kushayev, A’zam Rashidov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Asadbek Obidov kumush hamda Dilshod Yo‘ldoshev bronza medallariga musharraf bo‘ldi.
21 iyun kuniga qadar davom etadigan mazkur sport o‘yinlarida O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi hakamlari Rustam Odilov va Murodxon To‘rayev bellashuvlarni boshqarib borishda ishtirok etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA