Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida o‘tkazilgan professional boks oqshomida Mujibillo Tursunov “WBC Central Asia” mintaqaviy kamarini qo‘lga kiritdi. Kechaning markaziy jangida Mujibillo Tursunov qozog‘istonlik Dilshat Nurimga qarshi ringga ko‘tarildi.
Birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) Gran-pri finali hamda “WBC Central Asia” kamari uchun o‘tgan ushbu jangda Mujibillo 8-raund yakuniga ko‘ra, hakamlarning bir ovozdan bergan qarori bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, eng yengil vaznda (56,2 kg) “WBA Asia South” kamari uchun hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov qozog‘istonlik Nurslan Sabirovni 4-raundda texnik nokautga uchratdi va “WBA South Asia” kamarini qo‘lga kiritdi.
O‘rta vazn toifasida (72,5 kg) Gran-pri turnirining yarim final janglarida Islombek Mo‘minov (O‘zbekiston) hakamlar qaroriga ko‘ra Suxrob Qayumovga (O‘zbekiston) imkoniyatni boy berdi. Anvar Turopov esa Bereket Tairov (Qozog‘iston) ustidan muvaffaqiyatga erishdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA