Qozog‘istonning Ostona shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan xalqaro musobaqa boshlandi.

Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan kelgan 334 nafar dzyudochi ishtirok etadigan mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolari ham g‘oliblik uchun bellashadi. Musobaqaning ilk kunida yengil vazn toifasidagi polvonlar medallar uchun kurash olib boradi.

Tatamiga chiqadigan dzyudochilar:

– 60 kg: Bahrom Boturov – Angelo Pantano (Italiya)

– 60 kg: Doston Ro‘ziyev – Muhammadsolih Quvvatov (Tojikiston) /Arsiom Kolasau (Neytral atlet)

– 66 kg: Muhriddin Tilovov – Ahmad Ahmadi (Afg‘oniston) / Samyuyel Xoll (Buyuk Britaniya)

– 66 kg: Ma’rufjon Ahmadov – Lasha Nadiradze (Gruziya) / Georgios Balarjishvili (Kipr)

– 48 kg: Halima Qurbanova – Laura Yespadinxa (Fransiya)

– 48 kg: Fotima Tursunbayeva – Asmita Dey (Hindiston)

– 52 kg: Gulhayo Jurayeva – Sofiya Asvesta (Kipr)

– 52 kg: Sita Qadamboyeva – Glafira Borisova (Neytral sportchi)

– 57 kg: Nilufar Yermaganbetova – Sevara Nishonboyeva (Qozog‘iston)

– 57 kg: Shukurjon Aminova – Maysa Pardayeva (Turkmaniston)

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA