FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Tamara tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi tikuv sexida trikotaj mahsulotlari, xususan, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari tayyorlanadi.

Tadbirkor Tamara Yusupova 2009 yil 15 ish o‘rni bilan mazkur faoliyat turini boshlagan edi. Hozirga kelib tikuv sexida 50 nafardan ziyod xotin-qizning bandligi ta’minlangan.

Ayni paytda tikuv sexida buyurtma asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun maxsus forma va sport kiyimlari tikilmoqda.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA