Jo Bayden Prezident lavozimida ishlayotgan davrda AQSH Ukrainaga jami 40,7 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatgan, Rossiya maxsus amaliyot boshlagandan buyon ajratilgan ko‘mak qiymati esa 40 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotni Pentagon tarqatgan.
“Bayden ma’muriyati davrida Ukrainaga jami 40,7 milliard dollardan ko‘proq qiymatga ega harbiy yordam shartnomasi imzolangan, bu miqdorning 40 milliardi 2022 yil 24 fevraldan keyin berilgan”, – deyiladi xabarda.