Istanbulda o‘tgan Chempionlar ligasi final o‘yini Turkiyaga qancha daromad keltirgan ko‘pchilikni qiziqtirayotgani tabiiy. Bu haqda ommaviy axborot vositalari, internet tarmog‘i orqali turfa raqamlar keltirilmoqda.

Kuni kecha Turkiya futbol federatsiyasi rahbari Mehmet Buyukekshi bayonot berib, ayni mavzudagi taxminlarga oydinlik kiritdi, deyish mumkin.

Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, “Manchester Siti” va “Inter” o‘rtasidagi match Turkiyaga 200 million dollar foyda keltirdi.

“Final bahsini bevosita tomosha qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan mehmonlar kelib, Turkiya iqtisodiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi”, dedi u.

“T24” internet nashri fikriga ko‘ra, ushbu raqam faqat xorijlik ishqibozlar kelishi bilan bog‘liq ma’lumotni aks ettiradi. Demak, chuqurroq tahlil qilinsa, daromad bundan ancha yuqori bo‘lgani aniqlanishi shubhasiz.

 

T. Ro‘ziyev,

O‘zA