Gruziyada boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda 5 nafar vakilimiz qatnashib, 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Isroil, Latviya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon va O‘zbekistonning 150 ga yaqin bokschisi ishtirok etgan janglarda hamyurtlarimizdan A.Abdunazarov, M.Qo‘ldoshaliyev, M.Saytnazarov oltin, A.Matkarimov kumush va A.Mamaraimov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA