Germaniyada ot sportining uchkurash yo‘nalishida o‘tgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarida qatnashish bo‘yicha belgilangan sport normativini bajardi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Jasurbek Xotambekov, Alisher Erkinov va Muhammaddiyor Raimjonov xalqaro musobaqaning SSI2*-L tasnifidagi bahslarda munosib natija qayd etdi.

Qiziqarli kechgan musobaqa yakunida Alisher Erkinov hamda Jasurbek Xotambekov Germaniya musobaqasidagi ko‘rsatkichlari evaziga joriy yil Xitoyda bo‘ladigan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish talabini bajardi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.

T. Ro‘ziyev. O‘zA