Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Zarkent” qishlog‘ida sohil kurashi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati mamlakatning eng kuchli polvonlarini aniqlab berdi.
600 nafar nomdor va tajribali sportchilar ishtirok etgan musobaqalarda erkaklar 7 ta, ayollar 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kursh olib borishdi.
Shiddatli o‘tgan bellashuvlar so‘nggida o‘z vazn toifalarida o‘g‘il bolalardan Zafar Po‘latov, Jaloliddin Odamboyev, Sardor Abdurahmonov, Sherbek Abloqulov, Yashnarbek O‘roqov, Aktam Ermatov, Husniddin Husainov chempionlik maqomiga ko‘tarilgan bo‘lsa, qizlardan Maftuna Xolmatova, Dillola Dehqonboyeva, Aziza Najimova, Xojar Shapoatova, Asal Jalgasbayeva, Nasiba Yo‘ldosheva, Yulduz Muhammadiyeva, Durdona Abdujabborova g‘oliblikni tantana qilishdi.
Chempionat yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA