Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari yordamchisi Mixail Podolyak aytishicha, Ukraina Rossiya bilan Braziliya, Indoneziya va Afrika mamlakatlari taklif qilgan tinchlik tashabbusi asosida muzokara olib bormaydi.

“Rossiyaning hozirgi hukumati bilan muzokara olib borishning biror imkoni, buning uchun Indoneziya, Braziliya yoki Afrikacha hech qanday “asos” yo‘q”, deb yozdi siyosatchi ijtimoiy tarmoq orqali.

Moskva hozirgi sharoitni hisobga olgan holda, muloqot o‘tkazishga tayyorligini bir necha bor ma’lum qilgan, lekin Kiyev muzokarani qonun darajasida taqiqlab qo‘ygan. Ukraina tomoni bayonot berishicha, qachonki mamlakat 1991 yildagi chegaralariga qaytsa, o‘shandagina tinchlik o‘rnatilishi mumkin.