Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI)ning dasturiy mahsulotlar va startap-loyihalar bozorini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchilaridan iborat delegatsiya poytaxtimizda mehmon bo‘lib turibdi. Ular mamlakatimizdagi axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot vakillari bilan uchrashmoqda.

Janubiy koreyalik mutaxassislar O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov bilan uchrashdi. Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti vakillari Koreyada AKT biznesining rivojlanish bosqichlari, mamlakat yalpi ichki mahsulotida sohaning ulushini oshirishga xizmat qiladigansharoitlar va qonunchilik asoslari haqida so‘zlab berdi.Ular, shuningdek, yuqori texnologiyaliishlab chiqarishlaryaratishning bevositasharti sifatida axborot texnologiyalari startaplari hamda dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish siyosatida maslahatlashuvlar olib borish zarurligini alohida qayd etdi.

O‘z navbatida, mamlakatimiz mutaxassislari mehmonlarni axborot texnologiyalari biznesini rivojlantirishda mahalliy tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar bilan tanishtirdi. Poytaxtimizda tashkil etilgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlashbo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazining faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Janubiy Koreya delegatsiyasining tashrifi 21-aprelga qadar davom etadi. Maslahatlashuvlar dasturi to‘rt bosqichdan iborat bo‘lib, loyihaning ikkinchi bosqichida besh nafar yurtdoshimiz bir hafta mobaynida Koreya Respublikasida maxsus trening va seminarlarda qatnashadi.

Bu kabi loyihalarni amalga oshirishda Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish institutining boy tajribasivamaslahatchilarining yuksak malakali ekanini ta’kidlash joiz. Masalan, so‘nggi 15 yil ichida ular 27 mamlakatda maslahatlar o‘tkazgan va 73 loyihani amalga oshirgan.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA