Jizzax shahri mezbonlik qilayotgan Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi belbog‘li kurash, “Alыsh” hamda “Qazaq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionatida doirasida O‘zbek milliy belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarga start berildi.

Musobaqada 130 nafarga sportchi o‘ndan ortiq vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushadi.

Kecha qirg‘iz “Alыsh” kurashi bo‘yicha musobaqalar yakunlandi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Musobaqalar davom etmoqda.

 

Muhammad AMIN(surat),O‘zA