O‘zbekiston-Singapur sammiti yakunida “Ko‘ksaroy” qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Halima Yaqub Faxriy mehmonlar xiyobonida archa ekdilar.
Bu davlatlararo munosabatlarda yangi davr boshlangani O‘zbekiston va Singapur xalqlari do‘stligi mustahkamlanib borayotganining ramzi bo‘ldi.