O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, shahar va tuman  Kengashi raislari, mahalliy Kengash deputatlari ishtirok etdi.

“Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N.Qaypbergenov yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini partiya faollariga, keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar berdi. Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining joriy yil 8 maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni asosida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi etib belgilandi.

Tadbirda shuningdek “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari R.Otarbayev yangi tahrirdagi Konstitutsiya yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini mustahkamlashga, faol fuqaroviy pozitsiyasini oshirishga qaratilganligini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha savollariga javob oldi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA