Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya bilan uchrashdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama kun tartibidagi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. O‘zaro yaqin hamkorlik mazmunini barcha sohalarda boyitish, xalqimiz uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan sa’y-harakatni davom ettirishga kelishib olindi.