Yaponiyaning Kobe shahri mezbonligida o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni ham O‘zbekiston termasi uchun quvonchli boshlandi.

Ayollar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Safiya Burxonova 13.05 metr natija qayd etgan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Safiya Burxonova 2023 yil Parijda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 13.72 metr natija bilan kumush medal hamda “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun 4 nafar para atletimiz jahon chempionatida ishtirok etadi.

Bugun musobaqada quyidagi 3 nafar vakilimiz startga chiqadi:

Nurxon Qurbonova – F54 nayza uloqtirish (final)

Yorqin Odilov – F57 yadro uloqtirish (final)

Asila Mirzayorov – T11 uzunlikka sakrash (final)

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA