Payshanbaga o‘tar kechasi Yaponiyaning Tokio yaqinidagi Chiba prefekturasida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lganini “NHK” telekanali ma’lum qildi. Dastlab 3 nafar qurbon haqida xabar berilgan edi.

5,2 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan 04:16 da yuz bergan. Ofat o‘chog‘i 40 kilometr chuqurlikda ekani qayd etilgan. Zarba kuchi Yaponiyada qabul qilingan yetti balli o‘lcham bo‘yicha 5 ball. Sunami xavfi yo‘q.

Yer qimirlashi natijasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan, binolardagi liftlar o‘chirilgan.