Eron va Iroq neft, gaz konlarini hamkorlikda o‘zlashtirish bo‘yicha bitim imzoladi. Bu haqda EIR neft vaziri Javod Avjiy davlat televideniyesi orqali ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv energetika sohasida keng ko‘lamli sheriklikni nazarda tutadi.

Shuningdek, hujjat gaz va neft quvurlari yotqizish, Iroqdagi neftni qayta ishlash zavodlarini qayta qurish va modernizatsiya qilish imkonini ham beradi.