10-11 may kunlari Venada AQSH Milliy xavfsizlik bo‘yicha AQSH prezidenti maslahatchisi Jeyk Sallivan va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi tashqi ishlar komissiyasi devonxonasi rahbari Van I orasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vashington-Pekin munosabatlarini yanada yomonlashishini oldini olish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda Xitoyning Qo‘shma Shtatlardagi elchixonasi matbuot attashesi Lyu Penyu ma’lum qildi.
“Van I va Jeyk Sallivan ikki tomonlama ochiq, chuqur, mazmunli va konstruktiv muzokaralar o‘tkazishdi. Tomonlar AQSH-Xitoy aloqalaridagi to‘siqlarni bartaraf etish va ularning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun munosabatlarni barqarorlashtirish masalalarini ko‘rib chiqdilar”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.
Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati xabar berganidek, muhokama qilingan masalalar qatorida Tayvan va Ukraina atrofidagi ziddiyat mavzulari ham bo‘lgan.
O‘zA