Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev Nukus shahri Allaniyaz Qahramon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 8-umumta’lim maktabida 7-referendum uchastkasida bo‘lib, mamlakatimizning kelajagi uchun ovoz berdi.

Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi raisi Rano Baxiyevaning ta’kidlashicha, hududda 2 ming 734 nafar aholi ovoz berish uchun ro‘yxatga olingan. Ulardan 19 nafari birinchi marta ovoz berishda qatnashmoqda. Shuningdek, keksa yoshdagi va nogironligi bo‘lgan 28 nafar fuqaroning yashash joylarida ovoz berishi tashkil etildi. Hozirgacha hududdan 1 ming 400 nafardan ziyod fuqaroning ovoz berganligi aholining siyosiy jarayonda faol ishtirok etayotganidan darak beradi.

Referendum uchastkasida ovoz berish davom etmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA