Shveysariya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning BMT bosh qarorgohini Jeneva yoki Venaga ko‘chirish taklifiga munosabat bildirdi, deb yozmoqda RBK nashri.

“Xalqaro institutlar tizimini o‘zgartirish haqidagi qarorlarni qabul qilishdan avval, ularni sinchkovlik bilan ishlab chiqish kerak”, – dedi Shveysariya tashqi ishlar vazirligi departamenti vakili Paola Cherezetti mazkur nashrga bergan itervyusida.

Shveysariya BMT tizimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotganiga qaramay, bu kabi qarorlarni qabul qilishda uning samarali faoliyat ko‘rsatishi  haqida chuqur o‘ylab ko‘rish kerak, deb hisoblaydi, deya ta’kidlagan Cherezetti.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar departamenti direktori Petr Ilichev dushanba kuni Moskva BMT bosh qarorgohini Nyu-Yorkda emas balki, “yanada betaraf nuqtada” joylashishini ma’qul ko‘radi, masalan Venada” – deb aytgan edi. Venada Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) yoki  Jenevada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarlik boshqarmasi joylashgan.

Rossiya aprelda BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi. Shu bois Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov dushanba kuni BMT bosh qarorgohiga yetib kelgan.