Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining joriy yil 26 yanvardagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Q.B.dan undiruvchi J.Jaqsimuratovaning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqisidan 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan va taraflarga tanishish uchun yuborilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor  ota bo‘limga  kelib,  O‘zbekiston  Respublikasi   Vazirlar  Kengashining  2018  yil  6 oktyabrdagi “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qaroriga muvofiq, aliment evaziga o‘ziga tegishli bo‘lgan 2 xonali uyini berish istagini bildirgan.

Shu sababli, davlat ijrochilarining tezkorlikda ko‘rsatilgan amaliy yordamidan keyin, alimentchi ota ikki xonali uyini o‘zaro kelishgan holda, sobiq turmush o‘rtog‘i nomiga rasmiylashtirib berdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA