FOTOREPORTAJ

Nukus shahridagi 22-bolalar musiqa va san’at maktabida “Tasviriy va amaliy san’at festivali” doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom Qozoqboy Xo‘jamuratovning o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvi hamda mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida tajribali rassom yoshlarga asosan portret janrida ishlash usullari va ranglardan foydalanish qoidalarini yaqindan o‘rgatdi.

– bugungi mahorat darsida o‘quvchilarning bilimi yanada sayqallashdi, – deydi maktabning tasviriy san’at to‘garagi rahbari Ulug‘bek Ishanov. – Maktabimizning “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagida 100 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz tahsil olmoqda. Ularga rangli surat chizish, kompozitsiya, haykaltaroshlik va grafika janrlarida ishlash bo‘yicha bilim berib kelmoqdamiz. O‘quvchilarning ko‘pchiligi qator tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA