Joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon — Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumga ham oz fursat qolmoqda.

Mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida yangilanayotgan Konstitutsiyamiz Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi kerak.

Shuni aytish o‘rinliki, yangilanayotgan Konstitutsiyada surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta muhim kafolat belgilanmoqda.

Bu haqda batafsil O‘zAning YouTube kanalida tanishishingiz mumkin.

O‘. Alimov, N. Abduvoitov (video), O‘zA