O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab

“ONA TABIAT MADHI”

Ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi

Tanlovga yurtimizning betakror tabiati, purviqor tog‘lari, o‘rmonlari, daryolari, noyob milliy tabiat bog‘lari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer va yerosti boyliklari tarannum etilgan she’rlar qabul qilinadi.

Mualliflar ijodiy ishlarni joriy yil 20 aprelgacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining badiiy_adabiyot@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari lozim.

Tanlovda saralab olingan eng yaxshi she’rga musiqa bastalanib, Tabiat madhiyasi yaratiladi. Tabiat madhiyasi atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan barcha tadbirlar, ekologik aksiyalar hasharlarda ijro etiladi.

G‘olib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin (1 ta) – 15 million so‘m;

rag‘batlantiruvchi mukofotlar (5 ta) – 5 million so‘mdan.

Tanlov shartlari haqida batafsil quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://telegra.ph/Ona-tabiat-…

Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi 5 iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etilgan she’rlar saralanib, Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida kitob holida nashr etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tabiat resurslari vazirligi: (71) 207 07 70 (1055), (94) 612 98 40

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi: (71) 231 83 67