FOTOREPORTAJ

Nukus tumanidagi “Amu Aral Sazani” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan 2022 yilda davlat investitsiya dasturi asosida tashkil etilgan.

Loyiha qiymati 4,5 milliard so‘mni tashkil etgan korxona aholi dasturxoni uchun sifatli baliq mahsulotlari yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Olti gektar maydondagi sun’iy ko‘lda zamonaviy texnologiyalar asosida 10 ta maxsus hovuz qurilgan bo‘lib, ularning har birida 2 tonna atrofida mahalliy baliq chavoqlari parvarish qilinmoqda. Baliq chavoqlari 5-6 oy parvarishlangach, 2-2,5 kilogrammgacha tosh bosadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatida yiliga o‘rtacha 70 ming tonna baliq yetishtiriladi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA