Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida 9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi K.Tarixov tadbir ishtirokchilarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sanaga 30 yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etib, sud-huquq tizimida Konstitutsiya asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, soha faoliyatini takomillashtirish, xalqning odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, sudlarni haqiqiy adolat qo‘rg‘oniga aylantirish borasidagi ishlarning amaliy natijalariga to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B.Islamovning sana munosabati bilan   yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirda sudya va sud xodimlari so‘zga chiqib,  davlatimiz rahbari tomonidan qoraqalpoq xalqiga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va yuksak e’tibor uchun  minnatdorlik izhor qildi. Soha xodimlari o‘zlariga bildirilayotgan  ishonchni oqlashga, sud hokimiyatining ijobiy imidjini yaratishga munosib hissa qo‘shishda bor bilim va kuch-g‘ayratini sarflashini bildirdi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA