Taniqli xalqaro ekspert – Rossiya davlat  gumanitar  universiteti prezidenti, tarix fanlari doktori, professor, RF tarix jamiyati kengashi a’zosi, RFA akademigi Yefim Iosifovich Pivovar mamlakatimiz Konstitutsiyasiga o‘zgarish kiritish mavzusini muhokama qilar ekan, bu jarayon mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi:

– 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi O‘zbekiston uchun g‘oyat muhim voqea.

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson huquqi muhofazasi, shuningdek, ayollar va bolalar huquqini kengaytirishga jiddiy e’tibor berilgan. Shu bilan birga fuqarolar erkinligini mustahkamlash, jumladan, ommaviy axborot vositalari huquqini himoya qilish, fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarishlar taklif qilingan.

Ishonchim komilki, bu yangiliklar respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini jadal rivojlantirish imkonini yaratadi. Inson huquqi himoya qilinishi esa yanada barqaror, adolatli jamiyat tuzishga yordam beradi.

O‘z navbatida Konstitutsiyaviy islohot O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, o‘zaro qulay investitsiya muhitini yaratish garovi bo‘lib xizmat qiladi.

G‘.Xonnazarov tayyorladi.

O‘zA