FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani “Qumshungul” ovul fuqarolar yig‘inidagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 o‘ringa mo‘ljallangan.

Muassasa 2022 yil 6 milliard 159 million so‘m mablag‘ evaziga yangidan qurib foydalanishga topshirilgan. Bu yerda bolajonlarning har bir kuni mazmunli o‘tishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Guruh xonalari zarur jihozlar, o‘quv qurollari, ko‘rgazmali vositalar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlangan.

bugungi kunda maskanda beshta guruhda 132 nafar kichkintoy tarbiyalanmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA