Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani adliya bo‘limiga II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs D.I.ning tuman Axborot-kutubxona markazida 0,5 stavkada mutaxassis lavozimida ishlashiga qaramasdan, rahbar uni to‘liq ishlashga majbur qilayotganligi yuzasidan murojaati ijobiy hal etildi.
— Mazkur murojaatni o‘rganish davomida fuqaro D.I.ning mehnat huquqlari buzilganligi holati aniqlandi, – deydi tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi, 3-darajali yurist Sh.Ismailov. — Tuman Axborot-kutubxona markazi direktorini O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan javobgarlikka tortish masalasi yuzasidan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga taklif kiritildi. Ushbu taklifga asosan markaz direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Shuningdek, fuqaro D.I.ning mehnat shartnomasi qonunchilikka muvofiqlashtirilib berildi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA