“Uzbekistan Airports” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Aeroflot” aviakompaniyasining Dehli — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha AFL233 reysi samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi.
Qo‘nishga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. Ekipaj yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qildi.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
O‘zA