Mahalliy “Strana” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, AQSH Prezidenti Jo Bayden e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga kelgan.

Nashrning xabar berishicha, Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Mixaylov soborida uchrashgan. 

Ikki davlat yetakchisining sobor maydoniga kelganini Ukraina Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko tasdiqlagan.

Zelenskiy Baydenning Kiyevga tashrifini “juda muhim quvvatlash”, deb baholagan.

Avvalroq Oq uy Baydenning Polshaga safar bilan borishi, Ukrainaga kelmasligi haqida xabar bergan edi.

 

O‘zA